XX ASR Ikkinchi Yarmida Samarqand Sanoatining Ekologik Va Ijtimoiy Oqibatlari
Keywords:
Samarqand, sanoat, sanoatlashtirishAbstract
Ushbu maqolada XX asr ikkinchi yarmida Samarqand viloyatida sanoat rivojlanishining ekologik va ijtimoiy oqibatlari tarixiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Sanoatlashtirish jarayonida og‘ir va kimyo sanoatining jadallashuvi natijasida atrof-muhit ifloslanishi kuchaygani, xususan, Zarafshon daryosi suvining zaharlanishi, havoning ifloslanishi va tuproq unumdorligining pasayishi kuzatilgani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada arxiv hujjatlari, rasmiy statistik ma’lumotlar hamda davrga oid ilmiy manbalar asosida sanoatning tabiiy muhit va jamiyatga ta’siri holati o‘rganilib, sanoatlashtirish saboqlaridan kelajakda barqaror rivojlanishda foydalanish muhimligi xulosa qilinadi.












